Vazifa va funktsiyalar

Vazifa va funktsiyalar

Elchixona o'z faoliyatida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlar, Vena konventsiyalarining 1961 va 1963 yillardagi tashqi va konsullik munosabatlari, shuningdek, jahon amaliyotida o'rnatilgan boshqa xalqaro huquqiy me'yorlarga amal qiladi. Diplomatik vakolatxona Xitoy Xalq Respublikasida O'zbekiston Respublikasining vakilligi bo’lib, O'zbekiston Respublikasi va uning fuqarolari manfaatlarini xalqaro huquq va ushbu davlat bilan tuzilgan ikki tomonlama shartnomalar va bitimlar, shuningdek, har ikkala davlat ham ishtirok etadigan ko'p tomonlama shartnomalar asosida himoya qiladi. Elchixona o'z vakolatiga binoan davlat organlari, ijtimoiy-siyosiy, ekspert va tadqiqotchilar, ommaviy axborot vositalari, shuningdek, mezbon mamlakatda akkreditatsiyadan o'tgan diplomatik korpus vakillari bilan aloqalarni saqlab turadi. Elchixonada 1963 yilgi Konsullik aloqalari bo'yicha Vena konventsiyasi, shuningdek O'zbekiston va Xitoy tomonidan imzolangan ikki tomonlama huquqiy hujjatlarga asosan viza, fuqarolik va boshqa masalalar bo'yicha konsullik bo'limi mavjud. Konsullik bo'limi Xitoy va boshqa chet el fuqarolariga O'zbekiston vizalarini berish, O'zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi respublika fuqarolariga pasport tayyorlash, O'zbekiston Respublikasi hududida foydalanish uchun mo'ljallangan hujjatlarni notarial tasdiqlash va rasmiylashtirish, fuqarolik holati aktlarini qayd etish va boshqa faoliyatlarni amalga oshiradi. Konsullik masalalari bo'yicha qabul qilish jadvali: Barcha konsullik masalalari bo'yicha: dushanba, seshanba, chorshanba va juma kunlari soat 09.00 dan 13.00 gacha. Payshanba, shanba va yakshanba kunlari, shuningdek bayram kunlari konsullik masalalari boicha qabul qilinmaydi.