Yangiliklar

Prezident “Suzuk ota” maqbarasini ziyorat qildi

Mamlakatimizda xalqimizning boy tarixiy-madaniy merosini asrab-avaylash, aziz avliyo va allomalar mangu qo‘nim topgan maskanlarni obod qilishga katta e’tibor berilmoqda. Davlatimiz rahbari 2017 yil 26 may kuni bu «Suzuk ota» majmuasida bo‘lib, maqbara va masjidni rekonstruksiya qilish, atrofini obodonlashtirish bo‘yicha topshiriqlar bergan edi. Shu asosda bu yerda ulkan bunyodkorlik ishlari davom etmoqda. Masjidning tarixiy binosi saqlab qolingan holda atrofi kengaytirilmoqda. 900 kishiga mo‘ljallangan ayvon qurilmoqda. Shuningdek, hunarmandlar uchun ustaxonalar, avtoturargoh va boshqa inshootlar barpo etilmoqda. Qurilish ishlari joriy yilning 1 sentyabrida yakunlanishi mo‘ljallangan. Mazkur maskan ziyorati chog‘ida o‘tganlar xotirasi yodga olinib, Qur’on tilovat qilindi. Prezidentimiz majmuadagi qurilish ishlarini ko‘zdan kechirdi. Ziyoratchilar uchun qulayliklarni yanada oshirish, hududni obodonlashtirish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriq berdi.